O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

 
 

Joriy yilning 20-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xatida belgilan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi T.Amirov ishtirok etdi.

  Tadbirda so‘zga chiqqanlar Islom dinida har qanday qotillik, xunrezlik, qo‘poruvchi va bosqinchilik qoralanishi, O‘zbekiston Respublikasida “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” maxsus qonun qabul qilinganligi, ushbu qonunda mazkur illatlarning siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa obyektlarning yo‘q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan salbiy illatlar ekanligi to‘g‘risida mutasaddi vakillar tomonidan jarayon doirasida so‘zlab o‘tildi.

Institut talabalari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/02/2020 11:16;   Ko‘rilganligi: 1313
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ekstremizm-va-terrorizm-yoshlar-kelajagiga-tahdid
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 02:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing