Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Isrofgarchilik bugungi kunning dolzarb muammolaridandir

Ma'lumki, mahalla yig‘inlari qoshida  “To‘y-hashamlar, ma'raka va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiya” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. – Komissiya a'zolari, imom-xatib, katta tajribaga ega yoshi ulug‘ nuroniylar,  mahalla faollari bilan birga to‘ylarni ixcham, tartibli va kamchiqim tarzda o‘tkazish borasida muntazam ish olib borayapdi. “Kengashli to‘y tarqamas”, deganlaridek, mahallaning to‘y, marosimlarni tartibga soluvchi komissiyasi a'zolari to‘y egalari  bilan kengashib olishadi. Shuningdek, to‘yni tartibli, ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazish, marhumlarning haqqiga atab qilinadigan ma'rakalarni chegaralash borasida to‘y aholi orasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Hasanobod” mahallasida to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar “Hasanobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi 2736-III-592-III-sonli “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qo‘shma qarorini kuchga kirgani yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Xo‘ja Nisbatdor”  jome masjidi imom xatibi B. Boboxonov, viloyat mahalla markazi bosh mutaxassisi F. G. Shokirova, “Oila”  markazi  bosh mutaxassisi G. M. Xusainova, 7-IIB xotin-qizlar bilan ishlash bosh mutaxassisi mayor G.Akbarova, 7-IIB profilaktika inspektori D. Turabov, hoji ona va hoji otalar, mahalla fuqarolari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Unda so‘zga chiqqan imom-xatib B.Boboxonov ushbu qarorning ahamiyati, muborak dinimiz ko‘rsatmalarida to‘y-hasham, ma'raka-marosimlarni o‘tkazishdagi me'yor, uning tartib va qoidalari haqida oyati va karima va hadisi shariflar asosida tushunchalar berdi.

 

“U isrof qilguvchilarni sevmaydi”

Alloh taolo bizlarni riyokorlik, xo‘jako‘rsinlik, manmansirashlik kabi nojoiz ishlardan tiyilib, O‘zining roziligini istagan holda hayot kechirmog‘imizga buyuradi, hamda barcha ishlarimizni me'yorida qilmog‘imizni va haddan oshmasligimizni talab qiladi.

 

Yoshlarni nikohlab qo‘yish bilan mas'uliyat nihoyasiga yetmaydi

Jomboy tuman "Ibrohim ota" jome masjidi imom xatibi Anvar Ahmedov tuman "Oila" ilmiy amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Jomboy maishiy xizmat  ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosida “Yoshlarni oilaga tayyorlash” o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdi.

 

“Samarqandlik allomalar” kitobida 140 ga yaqin olim va diniy ulamo haqida ma'lumot berilgan

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tayyorlanib “Jaholatga qarshi ma'rifat” rukni ostida chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Unda tarixchilar, islomshunos, sharqshunos olimlar, soha mutaxassislari, diniy idora va tashkilotlar vakillari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tadqiqotchilari va talabalari ishtirok etdi.

 

Narpay tumanida imom xatiblar, otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Narpay tumanining 18 ta jome masjidida 25 nafar imom-xatib va imom noiblari, 18 nafar otinoyilar faoliyat yuritmoqda. Barcha soha kabi diniy soha mutaxassislari oldida ham bir qancha mas'uliyatli vazifalar turibdi. Narpay tuman hokimligi yig‘ilishlar zalida tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, tuman bosh imom-xatibi, tumandagi barcha imom-xatib, imom noiblar va otinoyilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘lishda to‘y-marosimlardagi isrofgarchiliklar va bid'at-xurofotlar, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, bo‘lajak kelin kuyovlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazish, oilaviy ajrimlarni oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.  

 

Otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni

Qadim-qadimdan xalqimiz farzandlar tarbiyasida, qo‘ni-qo‘shni orasidagi tushunmovchilikni bartaraf etishda,  oilaviy ajrimlarning oldini olishda, kizlarni oilaviy hayotga va  ular ruhiyatini bekalikka tayyorlashda otinoyilar xizmatidan foydalanishgan. Otinoyilar Qur'onni chiroyli o‘qishgan, hadislar, xalq og‘zaki ijodi va payg‘ambarlar tarixini yaxshi bilishgan. Nikohning Alloh dargohida tuziladigan ilohiy ahd ekanligini, oilaning muqaddasligini, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati, farzandlarning ota-onasi, el-yurti oldidagi burchlari, erning ayoli, ayolning o‘z eri oldidagi burchlarini  tug‘ri tushuntirishgan. O‘zlari esa bu borada o‘zgalarga o‘rnak bo‘lishgan.

 

Asrimiz vabosidan xalqimiz va kelajak avlodni asraylik

O‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir bo‘lishi, giyohvandlik, ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik va turli zararli, buzg‘inchi oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha imom-xatiblar maktab va boshqa ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yoshlar bilan bu kabi salbiy illatlarning oqibati, dunyo va oxiratdagi zararlari borasida suhbatlar uzviy ravishda o‘tkazilmoqda. Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov tumandagi 32-sonli umumiy o‘rta maktab o‘quvchilari bilan uchrashib “O‘z joniga suiqasd qilishning oqibati nima?”, “Giyohvandlik va OITS – umr zavoli” mavzularida suhbatlashdi. Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, ustozlar va mahalla faollari qatnashdi.

 

Guruh rahbarlari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi

Diniy-ma'rifiy jabhada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mo‘min-musulmonlar Haj va Umra ibodatlarini ado etib kelmoqda. Fuqarolarimizning muqaddas ziyoratni ado etishi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlangani fuqarolarimizni yanada quvontirdi.

 

Ommaviy madaniyat va boshqa zararli illatlar haqida aholiga tushunchalar berildi

Kattaqo‘g‘on shahar Go‘zalkent,  Oqoltin mahalla aholisi bilan 14-maktab yig‘ilishlar zalida Ommoviy madanyat, o‘z joniga qasd qilishni oldini olish hamda Giyohvandlikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom-xatibi Xayrulla Do‘stmurodov, hokimlikning hotin-qizlar bo‘yicha qo‘mitasi, shahar IIB xodimlari hamda maktab ma'muriyati ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan X.Do‘stmurodov bugungi kunda hech bir xalqning milliy va ma'naviy an'anasi, odatlariga to‘g‘ri kelmaydigan turli “urf-odatlar” ko‘payib borayotgani, ko‘pchilik, xususan ayrim yoshlar uning ta'siriga tushib, bu narsa esa yoshlarimizning yurish-turishida, kiyinishida, o‘zini tutishi-yu boshqalar bilan bo‘ladigan suhbatlarida ko‘zga tashlanayotgani, bunday yot g‘oyalar esa bizning milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga aslo to‘g‘ri kelmasligi, bu kabi turli nayrang va xatarlardan ogoh, sergak va hushyor bo‘lish lozimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, imom-xatib X.Do‘stmurodov o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning salbiy oqibatlari haqida aniq dalillar asosida yg‘ilganlarga tushunchalar berdi.

 

Muftiy hazratlari Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdilar

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari boshlangan edi. Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” majlislar katta zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati,  bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof Islom ta'limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur'oni karim kitobi tarqatildi.

Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

 

Diniy ma'rifatni yetkazish - bugungi kun imomining mas'uliyati hisoblanadi

Bugun dunyoning turli chekkalarida muqaddas islom nomidan sodir etilayotgan terrorchilik harakatlari, islomiy tushuncha va g‘oyalarni buzib talqin qilgan holda soddadil musulmonlarni chalg‘itish holatlari dinimizning bag‘rikenglik, mo‘tadillik va insoniylikka yo‘g‘rilgan musaffo ta'limotini aholi, xususan, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tobora oshirmoqda.

Shunday ekan, bugungi kun imomlari zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his qilgan holda diniy ma'rifatni ommaga yetkazishlari, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shishlari zarur. Mana shularni o‘zida his etgan imom-xatiblarimizdan Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom-xatibi Zafar Mahmudov ham ta'lim muassasalari, mahalla yig‘inlarida bo‘lib, sof islom ma'rifati, ota-bobolarimizning mustahkam va sobit e'tiqod yo‘llaridan og‘ishmay borish, bugungi kunda jahonda yuz berayotgan turli ziddiyat va to‘qnashuvlar mohiyati, hushyor va ogoh bo‘lib yashash, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi ma'naviyatimiz, e'tiqodimizga tamomila zid odatlar haqida so‘z yuritib, ayanchli yakunlari haqida hayotiy misollar keltirib o‘tmoqda.

 

Samarqand shahar bosh imom-xatibi “Panjob” mahallasi aholisi bilan uchrashdi

Samarqand shahar “Panjob” mahallasida ijtimoiy, ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Targ‘ibot tadbirida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga bugungi tinchlik, osoyishtalik hukum surgan bir buyuk davlatda yashayotganimiz uchun shukronalar keltirish, lekin ba'zi bir qo‘poruvchi kuchlar tomonidan yurtimiz tinchligiga rahna solayotgan ayrim kuchlar borligi odamlarni ogoh bo‘lishga da'vat etishini aytib o‘tdi.

 

Islom tinchlik dini

Radikal mutaassib guruhlar Islom dini niqobi ostida zo‘ravonliklarga qo‘l urib, qo‘poruvchilik, qotilliklar sodir etmoqda. Diniy ulamolar, soha vakillaridan islomning asl mohiyatini keng jamoatchilik, yoshlarga to‘g‘ri yetkazish, diniy ekstremistik tashkilotlar da'volariga asosli, ilmiy  raddiyalar berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan davra suhbatlari, uchrashuv va tadbirlar aholi bilan, ilm dargohlarida imom-xatiblar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Pastdarg‘om tuman “Abdurasulboy” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘uov Xudoyor ham Pastdarg‘om Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida “Islom tinchlik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida imom-xatib tomonidan Islom – tinchlik, insonparvar din ekanligi oyati karima va hadisi shariflar asosida tushuntirib berildi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Aytish mumkinki, uchrashuv mazmunli, o‘zaro savol-javob tarzida o‘tdi.

 

Viloyat bosh imom xatibi matbuot anjumanida ishtirok etdi

Samarqand viloyat matbuot uyida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda D.Mamadqulov viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada  amalga oshirilayotgan islohatlar,viloyat diniy soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi. 

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing