Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 9 may-“Xotira va Qadrlash kuni” sifatida har yili keng nishonlanmoqda. Bu kunda II jahon urushida, qatog‘on yillarida millatimiz, yurtimiz kelajagi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni xotirlash bilan bir qatorda xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi otaxonu onaxnlarimizga ham cheksiz izzat va ehtirom ko‘rsatish ayyomidir. Shuningdek, ona-Vatanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan barcha faxriylarimizni e'zozlash, qadrlash bayramidir.

 

Viloyat imom xatiblari faoliyatidan

“Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o‘rni belgilab berilgan edi.

 

Imom xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2019 yil 23 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida viloyatdagi shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar jome masjidlarining imom xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Bo‘lajak hojilar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda

“Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarga joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini saqlash, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Z.Eshonqulov hamda vakil o‘rinbosari X.Sattarovlar ishchi guruh bilan joylarda bo‘lib, Haj ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar tomonidan olib borilgan ishlar holatini o‘rganish, ularga tavsiyalar berish yuzasidan suhbatlar o‘tkazmoqda.

 

Ulug‘ mufassir va mashhur tafsirga bag‘ishlangan seminar

Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari” mavzusidagi diniy soha xodimlarining ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari mavzusida seminar

Prezidentimiz rahnamoligida Imom Buxoriy majmuasida qisqa vaqt davomida xalqaro ilmiy markaz va buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis ilmi oliy maktabi tashkil etilgan edi. Yurtboshimiz Samarqand viloyatidagi tashriflari chog‘ida bir qator tashabbus va takliflarini bildirib, xususan, hadis ilmi maktabi talabalarining respublikamizdagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohatini amalga oshirishlari, ilm-fan sirlarini puxta o‘zlashtirishlariga yordam bo‘lishi uchun yanada ko‘proq shart-sharoit yaratish zarurligini ta'kidlagan edilar.

 

Imom xatiblarimiz Vaqf xayriya jamoat fondini jamoatchilikka tanishtirishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” Qarori qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan 2019 yil 21 fevral kuni Samarqand tuman hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand tumanining xotin-qizlar qo‘mitasi, prokuratura, mahalla jamg‘armasi, deputatlar, mahalla rais va maslahatchilari, tuman Majburiy ijro byurosi xodimlari, OAV xodimlari, Tuman bosh imom xatibi va tumandagi barcha imom xatiblar ishtirok etdi.

 

Xalqaro forum qatnashchilari Samarqandda

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro “Ziyorat-turizmi” Forumi qatnashchilaridan iborat delegatsiya bugun tongda Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Mehmonlar ziyoratni “Shohi-Zinda” jome masjidida bomdod namozini ado etish bilan boshladilar. Shundan so‘ng majmuani ziyorat qildilar. Mehmonlarning keyingi ziyorat manzili “Registon” ansambili bilan tanishish bo‘ldi. Ansamlning me'moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida barchani hayratga solib kelmoqda. Mana shunday ta'sirotlar bilan mehmonlar Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi sari yo‘l oldilar. Ushbu maskanda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning qabrlarini ziyorat qilib, haqlariga tilovat va duo qilindi. Shundan so‘ng, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari, ilmiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

 

Dillarga xursandchilik ulashish - har bir inson uchun huzurbaxsh amaldir.

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yurtimizning bir qancha shaharlarida eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan shaxslar bilan diniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is'hoqi Vali” jome masjidida ham ilk bor shu kabi tadbir o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng haftaning har dushanba va payshanba kunlari eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan bunday insonlarning siniq ko‘ngillarini ko‘tarib, dillariga xursandchilik ulashish, ularning dinimizni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlash, bu boradagi ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlash, Islom dinining insonparvar g‘oyalarini targ‘ib qilish va shu orqali yot g‘oyalarga barham berish maqsadida ushbu tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Masjid imom xatibi Yo.Mansurov yig‘ilganlarga Islom dinining asoslari, odob va axloq mezonlari, ilm-ma'rifat tushunchasi kabi mavzularda ma'ruzalar bilan chiqish qilmoqda. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limining ko‘magi bilan monitor orqali yozib olingan juma ma'ruzasining surdo tarjimasi tadbir ishtirokchilariga namoish etilmoqda. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Vaqf” xayriya jamoat fondi va uning Samarqand viloyati bo‘limi tadbir ishtirokchilariga barcha sharoitlarni yaratib berishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Fond faoliyatiga bag‘ishlangan ma'lumotlar joylashtirilgan yillik taqvim va boshqa sovg‘alar tadbir qatnashchilariga sovg‘a sifatida taqdim etildi.

 

Oilalarni mustahkamlash - jamiyat tarqqiyotining asosidir

Samarqand shahrining Yoshlar saroyida viloyat xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Oilalarni mustahkamlash – jamiyat tarqqiyotining asosidir” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, oila institutini yanada mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarni ta'minlash, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishni ta'minlashga qaratilgan.

 

Oltin silsilaning birinchi dovoni

Tarixiy va milliy qadriyatlarga boy yurtimizning Islom olamidagi yuksak o‘rni va nufuzi hech bir musulmonga sir emas. Ayniqsa, bu yurtdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning islom ta'limotlari, xususan, hadis ilmini shakllantirish va rivojlantirishdagi xizmatlari butun dunyoda tan olingan. Islom dini va madaniy-ma'naviy merosga e'tibor qaratilayotgan bugungi kunda O‘zbekiston zaminida o‘z dini va ma'naviy an'analariga mehr va sadoqat, tarixiy merosni asrab avaylash bo‘yicha ajoyib tajriba maktabi shakllanmoqda. Xabaringiz bor marhum ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va tarjimonlar guruhi butun Islom olamida eng sahih hadis to‘plamlari deb e'tirof qilingan to‘qqiz mo‘tabar kitobdan iborat “Oltin silsila” rukni ostida ilmiy asosga ega, barcha shartlarga amal qilgan holda ulamolar hay'ati ijrosida izohli tarjima qilinishini yo‘lga qo‘yib, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlarining “Jome'us sahih” to‘plamiga bag‘ishlangan 8-juzdan iborat izohli tarjimaning 5 juzi “Hilol nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan edi. Ushbu xayrli ishning davomi o‘laroq asarning izohli tarjimasiga bag‘ishlangan “Oltin silsila” kitobining 6-8-juzlari ham nashrdan chiqdi. 2019 yil 17 fevral kuni uning taqdimoti hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari yonida joylashgan jome masjidda bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda yurtimizning yetuk ulamolari, ustoz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning safdoshlari va shogirdlari, “Hilol nashr” nashriyoti rahbari Ismoilxon Muhammad Sodiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kotibiyat mudiri Muhammad Ayyubxon Homidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili Zayniddin Eshonqulov, Samarqand “Hadis ilmi maktabi” rektori Olimxon Yusupov va ko‘plab kitob ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbir avvalida “Oltin silsila” kitobining ijodiy jamoasi tomonidan Imom Buxoriy hazratlari haqqiga ado etilgan Qur'oni karim tilovatining xatmi, Umra ziyorati, qurbonlikning savoblari duo qilinib, u kishining haqlariga bag‘ishlandi. Shu bilan birga “Jome'us sahih” hadislar to‘plami ham to‘liq mutolaa qilinib, unda keltirilgan oxirgi uch hadisi sharif shu tadbir qatnashchilari ishtirokida mutolaa qilinib, yakuniga yetkazildi. Ushbu xatmlar ortidan buyuk alloma va barcha o‘tgan aziz avliyolar, dinimiz, xalqimiz va yurtimiz taraqqiyotga xizmat qilib o‘tganlarning haqlariga duoi xayrlar qilindi.

 

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASINING MAJLISLAR ZALIDA "KATTA LANGAR QUR'ONI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI" MAVZUSIDA ILMIY AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 12 – 13 fevral kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Usmon Mus'hafi”ning nodir nusxalaridan hisoblangan “Katta Langar Qur'oni”ga bag‘ishlangan “Katta Langar Qur'oni va uning tarixiy ahamiyati” mavzusida ilmiy amaliy seminar va diniy adabiyotlar nashrini tartibga solishga oid muhim tadbir bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ayni damda anjuman o‘z ishini boshlab, mutaxassislar tomonidan mavzuga oid kerakli ma'lumotlar ishtirokchilarga yetkazilmoqda. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy U.Alimov, rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minavarov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakillari ishtirok etmoqdalar.

 

BOSH XATIBLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV

5 fevral kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Otinoyilar bilan ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda

9 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Urgut tumani otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Samarqand shahar otinoyilari uchun navbatdagi uchrashuv

6 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Samarqand shahri otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing