O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ZIYORATCHILAR VILOYATGA QAYTISHDI

 
 

Joriy 2016 yilning 17 mart kuni samarqandlik ziyoratchilarning navbatdagi guruhlari umra amalini ado etib, Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib keldilar. Ularni Toshkent xalqaro aeraportidan viloyat mas’ullari kutib olar ekanlar, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy avtobuslarda yo‘l patruli xodimlari, shifokorlar kuzatuvida viloyatga olib keldilar.

Oilalari huzuriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilar, butun safar davomida qaratilgan e’tibor, yaratilgan sharoitlar, yuqori darajadagi xizmat uchun avvalo yurtboshi nomiga, qolaversa barcha mutasaddi va mas’ul tashkilotlarga minnatdorchilik izhor etdilar.

Muborak umra ziyoratini ado etgan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlarini Alloh taolo dargohida qabul qilgan bo‘lsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/03/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2945
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ziyoratchilar-viloyatga-qaytishdi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 18:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing