O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yurtboshimiz Samarqandda

 
 

2018 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Yurtboshimiz Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi, deb xabar beriladi “president.uz” saytida.

Mazkur sayt xabar berishicha, maqbara hovlisida ushbu majmuani rekonstruksiya qilish, atrofini kengaytirish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazilgan. Loyihaga ko‘ra, maqbara atrofidagi ulkan hududda mehmonxonalar, uy-joylar, maktab, shohbekat, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari qurish, xiyobonlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bu yerga kelgan odam o‘ziga ma’naviyat olib ketishi kerak. Chet elliklar xalqimizning ilmiga, madaniyatiga qoyil qolishi kerak. Shuning uchun yana o‘ylanglar, qurilishni rejali, bosqichma-bosqich amalga oshiringlar, dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev Oqdaryo va Ishtixonga tashrif buyurib, ushbu tumanlardagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishgan.

Kun oxiriga borib, Pastdarg‘om tumanida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1074
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yurtboshimiz-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 05:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing