O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILMOQDA

 
 

Viloyatimiz bo‘ylab shu kecha-kunduzda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, iqtidorini to‘liq namoyish qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, sifatli ta’lim olishlariga erishish, qiziqtirgan savollariga javob topishga ko‘maklashish, o‘quvchilarda diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimiyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlarda tajribali soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga kerakli ma’lumotlar, tushunchalar berib kelinyapti.

Hozirga qadar ushbu mavzudagi tadbirlar Samarqand va Tayloq tumani yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yo.Mansurov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirlar tasmasi davom ettirilmoqda va viloyatning barcha shahar va tumanlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1290
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yoshlar-bilan-uchrashuvlar-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 09/12/2019 05:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing