O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yil yakuni: ilg‘or imomlar taqdirlandi

 
 

2017 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida yil yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirda vakillik rahbariyati, xodimlari, ustoz domlalar, shahar va tuman bosh imomlari hamda yil davomida namuna ko‘rsatgan imom xatiblar ishtirok etdilar.

Maxsus ssinariy asosida olib borilgan tadbirda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrullo Sattorov boshlovchilik qildi.

Dastlab viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov yig‘ilganlarga yil davomida olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobot o‘qib eshittirdi. Jumladan, aholi bilan olib borilgan o‘rganish ishlari, hal etilgan qator muammolar, imom xatiblar salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “ma’naviyat soat”larining samaralari, FHDYO bo‘limlarida yosh oila quruvchilar bilan o‘tkazilib kelinayotgan uchrashuvlarning ijobiy natijalari va ushbu tajribaning O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’tirof etilganini ta’kidladi.

Shuning bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar borasida ham to‘xtalib o‘tib, ularni tahlil qilish, xulosalar chiqargan holda kelgusida vazifaga yanada jiddiyroq yondashish lozimligini aytib o‘tdi.

Yangi yilda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ham ko‘rsatma va topshiriqlar berib, samarali faoliyat olib borishga doir qator takliflar bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’ruza so‘ngidan taqdirlash marosimiga o‘tildi. Sovg‘alar viloyatda diniy sohada ko‘p yillardan beri xizmat qilib kelayotgan ustoz domlalar tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Yil davomida ko‘plab xizmat qilib, samara ko‘rsatgan, o‘zining mehnati, jonkuyarligi, fidoiyligi bilan boshqalardan ajralib turgan 28 nafar imom xatiblar viloyat vakilligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimi “ibratli imom”, “eng faol targ‘ibotchi”, “OAV bo‘yicha “eng faol imom” kabi qator nominatsiyalar asosida olib borildi.

Bayramona o‘tkazilgan tadbir so‘ngidan ishtirokchilar uchun ziyofat dasturxoni yozildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1522
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yil-yakuni-ilgor-imomlar-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 21/09/2020 11:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing