O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Yil tanlovi – 2019”: Diniy idora 3-o‘rin sohibi!

 
 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan 2019 yil davomida ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari, respublika hududlari o‘rtasida tanlov e'lon qilingan edi.

Tanlov ijtimoiy so‘rov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar bo‘yicha saralandi.

Bugun, 17 yanvar kuni “Yil tanlovi — 2019” ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi “2019 yilning eng yaxshi davlat yoki jamoat tashkiloti” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani e'lon qilindi.

 Shu munosabat bilan, Samarqand viloyat vakilligi O‘zbekiston musulmonlari idorasini “Yil tanlovi – 2019”da 3 - o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan samimiy qutlaydi.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/01/2020 14:50;   Ko‘rilganligi: 1080
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yil-tanlovi-2019-diniy-idora-3-orin-sohibi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 05:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing