O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YIL IMOMI TANLOVI BIRINCHI BOSQICHI NIHOYALANDI

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasining imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida “Yil imomi-2016” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 2016 yil 15 aprel 01A/19-sonli buyrug‘iga asosan viloyatimizda 18-26 may kunlari tanlovning birinchi (tuman) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom xatibi nuriddinxon Islamov, bosh xatib o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari hiy’at sifatida qatnashib, ishtirokchilarni munosib baholab bordilar. Tanlov nizomiga muvofiq, qatnashchilarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar belgilangan savollarga javoblar qaytarishdi. Tanlov har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazildi va yakuniy natijalar qaydnomasi quyidagilarni tashkil etdi:

Bulung‘ur tumanidan Erganakli jome masjidi imom xatibi Azzamov Asadullo;

Jomboy tumanidan Ibrohim ota jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar;

Ishtixon tumanidan Polvon ota jome masjidi imom xatibi Yoqubov Alijon;

Qo‘shrabot tumanidan Davrqo‘rg‘on jome masjidi imom xatibi To‘xtashov Yoqub;

Pastdarg‘om tumanidan Imom ota jome masjidi imom xatibi Abdullayev O‘tkir;

Nurobod tumanidan Nurdum ota jome masjidi imom xatibi Ravshanov Rashid;

Samarqand shahridan Ruhobod jome masjidi imom noibi Mirzoaxmadov Husen;

Samarqand tumanidan Xo‘ja Ahrori Vali jome masjidi imom noibi Aslamov Voris;

Tayloq tumanidan Gadoy Qushchi jome masjidi imom xatibi Ibodullayev Ibrohim;

Kattaqo‘rg‘on shahridan “Tegirmonboshi” jome masjidi imom xatibi Sattorov Asliddin;

Kattaqo‘rg‘on tumanidan “Mergan ota” jome masjidi imom xatibi Uvaytov Ortiq;

Narpay tumanidan “So‘fi Ziyrak” jome masjidi imom xatibi Shukurov Alisher;

Paxtachi tumanidan “Qoraminos” jome masjidi imom xatibi To‘rayev Sobir;

Payariq tumanidan “Mulla Tohir” jome masjidi imom noibi Azimov Qamariddin;

Oqdaryo tumanidan “Pichoqchi” jome masjidi imom xatibi Isroilov Zafar;

Urgut tumanidan “Bog‘ishamol” jome masjidi imom noibi Latipov Mahmudlar birinchilikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Tanlov so‘ngida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1745
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yil-imomi-tanlovi-birinchi-bosqichi-nihoyalandi
Chop etilgan vaqti: 17/10/2019 22:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing