O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yashil hududlardagi masjidlarda tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi

 
 

Xabaringiz bor kuni kecha 05.06.2020 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonoti hamda masjid ish faoliyatini sanitariya-epidemiologik qoidalarga muvofiq yuritish va fuqarolarning masjidlardagi ibodatlarini ado etish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlash to‘g‘risida 01A/67 sonli buyrug‘i e'lon qilingan edi.

Unda 2020 yilning 08 iyun kunidan boshlab Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanish saqlangan, fuqarolar orasidagi masofa 1,5-2 metr etib belgilangan holda ado etilishiga ruxsat berilishi hamda 5-6-7 iyun kunlari davomida masjidlar faoliyatini karantin davrida tashkil etish bo‘yicha tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi ta'kidlab o‘tilgan edi. Ushbu buyruq ijrosi yuzasidan bugun viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov viloyatdagi “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan hududlarga tashrif buyurib, maksjidlar tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirmoqda. Tashrif davomida Z.Eshonqulov joylardagi imom-xatiblarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha  o‘z ko‘rsatma va topshiriqlarini berib kelmoqda...

 

 


Kiritilgan vaqti: 06/06/2020 16:13;   Ko‘rilganligi: 1056
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yashil-hududlardagi-masjidlarda-tayyorgarlik-ishlari-kozdan-kechirildi
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 03:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing