O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI.

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi hamda vakillik tasarrufidagi jome masjid imom xatiblari tomonidan joylarda yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quv muassasalarida birinchi dars boshlanishidan oldin o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tadbirlarida qatnashdilar. Imom xatiblarimiz tomonidan “Vatanni sevmoq iymondandur”, “Ilm olish har bir yosh avlod uchun farzdir” mavzularida suhbatlar qilib berildi. Darhaqiqat, yurt kelajagi yoshlarimizni qo‘lidadir. Shu boisdan o‘sib kelayotgan farzandlarimizni vatanga munosib voris bo‘lishi yo‘lida ota-onadan maktab muallimigacha bo‘lgan har bir shaxs mas’uldir. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarida “Har biringiz qo‘l ostidagilaringiz to‘g‘risida so‘raluvchisizlar”, deb marhamat qilganlar. Shunday ekan yoshlarimiz taqdiri to‘g‘risida g‘am-tashvish qilmoqlik, bu borada sa’y-harakat qilmoqligimiz barchalarimizning zimmamizdagi burchdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 883
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/yangi-oquv-yili-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 06:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing