O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xushxabar: Qur’on musobaqasining viloyat bosqichi boshlanish arafasida

 
 

Barchamiz guvoh bo‘lganimizdek, yurtimiz bo‘ylab bir oy davomida Qur’oni karim musobaqasining hududiy bosqichlari o‘ta ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.

Qur’onga oshno qalblar sururla eng oliy kalomga some’ bo‘ldilar. Ruhlar ozuqalandi, zehnlar o‘tkirlashdi yurtga baraka indi.

Kalomulloh nomiga mosu xos tarzda o‘tkazilayotgan musobaqa hozirda viloyat bosqichi ostonasida turibdi.

19 fevral kuni soat 9.00 da Samarqand shahridagi eng ko‘rkam masjidlardan biri “Xo‘ja Is’hoqi Valiy” jome masjidida musobaqaning viloyat bosqichi start oladi.

Ushbu bosqichda hududlarda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar o‘zaro bellashadilar.

Hozirda Qur’oni karim musobaqasining viloyat bosqichini o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarliklar ketmoqda. Inshaalloh, bu gal ham o‘ziga xos Qur’on bayramiga guvoh bo‘lasiz. Musobaqani yuqori savida o‘tkazishga alohida ehtimom bilan yondashilgan.

16 fevral kuni ishtirokchilar bilan viloyat vakilligi binosida musobaqa oldidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yana bir bor eslatamiz, musobaqa 2018 yil 19 FEVRAL, DUSHANBA kuni soat 09.00 da Samarqand shahridagiXO‘JA IS’HOQI VALIY” jome masjidida boshlanadi.

Mo‘ljal: Samarqand xalqaro aeraporti

Qur’on ziyofatiga shoshiling.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1351
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xushxabar-quron-musobaqasining-viloyat-bosqichi-boshlanish-arafasida
Chop etilgan vaqti: 19/09/2020 07:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing