O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XAYRIYA DASTURXONI

 
 

Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqand shahar "Namozgoh" jome masjidi imom-xatibi Hamzaxon Po‘latov homiylarni jalb etgan holda Imom Buxoriy xalqaro markazi tinglovchilari va ishchi xodimlardan iborat yuz nafar kishiga tushlik dastirxonini yozdi.

Dastlab, Imom Buxoriy jome masjidi imom-xatibi Z.Eshonqulov yig‘ilganlarni yangi 2016 yil hamda vatan himoyachilari kuni bayramlari bilan tabriklar ekan, yurtimizda olib borilayotgan islohatlar, diniy sohadagi yutiqlar haqida qisqacha gapirib o‘tdi. So‘ng esa Qur’oni karim tilovat qilinib, o‘tganlarning ruhi poklariga bag‘ishlandi hamda yurtimiz istiqloli abadiy bo‘lishi, xalqaro markazning ishlariga rivoj berishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

So‘ngra dasturxonga taomlar tortildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3483
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xayriya-dasturxoni
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 19:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing