O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda

 
 

Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya'ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-maktab qayta ta'mirlanib, ishga tushirilishi hamda “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan uy sharoitida ta'lim olayotgan nogiron bolalar taqdirlash uchun xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi M.Hoshimov, shahar bosh imom-xatibi X.Do‘stmurodov va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi. Yangi sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan maktab binosi o‘quvchilar ixtiyoriga topshirilar ekan, ularning chuqur ilm egalari, kelajakda yetuk shaxslar bo‘lib voyaga yetishlariga tilak bildirildi. Shundan so‘ng nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilariga bayram dasturxoni tashkil etilib, ularga sovg‘alar tarqatildi.

Shundan so‘ng shaharda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham xayriya tadbiri tashkil qilindi. Unda  ehson dasturxoni yozildi va hokimlik, homiylar hamda jome masjidlar ko‘magi bilan o‘zgalar ko‘magiga muhtoj bo‘lgan kishilarga nogironlik aravachalari, gilam, ko‘rpa kabi anjomlar ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi hamda joylardagi jome masjidlar tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi 


Kiritilgan vaqti: 03/12/2019 17:08;   Ko‘rilganligi: 1011
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xalqaro-nogironlar-kuni-munosabati-bilan-xayriya-tadbirlari-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing