O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyatdagi masjid va ziyoratgohlarda qurbonliklar ado etilmoqda

 
 

Hikoya qilishlaricha, bir ayol tushida bir odamni zaharli ilon chaqib, o‘ldirganini ko‘rdi. Bu tush ayolni juda qo‘rqitdi. Tong otgach, ayol o‘sha tushida ko‘rgan odamning uyiga borib, ko‘rgan tushini uning o‘ziga aytib berdi. Undan ehtiyot bo‘lishni, xushyorroq bo‘lib yurishni iltimos qildi. Ayol ketgach, xaligi odam Alloh uchun ikkita qo‘y so‘yib, sadaqa qilishni nazr qildi. Shoyad, o‘sha so‘ygan qo‘ylari sababli xaligi qo‘rqinchli tushning xataridan salomat bo‘lsa. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vassallam ham o‘z hadisi shariflarida  “Sadaqa baloni qaytaradi va umrni uzaytiradi”-deganlar.

Bugungi vaziyatda har birimiz mutaxassislar tavsiya va ko‘rsatmalariga qat'iy rioya etib, Alloh taolodan ushbu kasallikning butun insoniyat boshidan daf etishini so‘rab, duolar qilishimiz, xayr-ehson va sadaqalar qilishimiz ayni muddao bo‘lar edi.

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorsining tavsiyasi, Shuningdek, viloyat hamda shahar va tuman hokimliklari tashabbusi bilan bevosita hokimlar ishtirokida barcha ziyoratgoh, qadamjo va masjidlar tomonidan ehsonlar hamda qurbonliklar ado etilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatida mavjud ziyoratgoh va masjidlar tomonidan shu vaqtga qadar 2 bosh qoramol, 1 bosh tuya va 32 ta qo‘ylar so‘yilib, ularning go‘shti va jami 100 mln so‘mga yaqin boshqa zaruriy ozi-ovqat mahsulotlari ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam ta'minlangan oilalar hamda duosi mustajob insonlarga ehson qilindi.

Shuningdek, viloyatdagi barcha 285 ta masjid imom-xatiblari, imom-noiblari hamda otinoyilar tomonidan 111715 marotabadan “Solatan tunajjino” va “Solatan noriya”, 183879 marotaba “Hasbunallohu va ni'mal vakil” duolari hamda 9104 marotabadan “Fotiha” va  “Ixlos” suralari va 15000 marotaba "Oyatal Kursi" hamda 40 ta Xatmi Qur'onlar o‘qildi hamda ularning savoblari marhumlar ruhiga bag‘ishlandi. Qurbonliklar, duoyu istig‘forlar sharofatidan baloyu ofatlarni ko‘tarishini so‘rab duolar qilindi.

Xayriya tadbirlari Qur'on karim tilovatlari, istig‘forlar, salavotlar aytish va iltijolar qilish barobarida davom ettiriladi.

Alloh taolo xayr-ehsonlarni qabul qilib, bu yo‘lda o‘z hissalarini qo‘shgan barcha sahovatpesha kishilarga ajru mukofotlarini ziyoda qilsin. Bugungi kunda butun dunyoda dolzarb muammo bo‘lib turgan “Koronavirus” infeksiyasini nafaqat yurtimizdan balki butun insoniyatdan arishini Alloh taolo nasib etsin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi Axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/03/2020 15:55;   Ko‘rilganligi: 1012
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/viloyatdagi-masjid-va-ziyoratgohlarda-qurbonliklar-ado-etilmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing