O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi

 
 

Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi yig‘ilishida e'lon qilindi. Fondning avvalgi rahbari Iskandar Xalilov boshqa ishga o‘tkazildi.
Abdurahmonov Yahyo 1985 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008 yillarda Toshkent islom institutida ta'lim olgan. Shu davr oralig‘ida Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.

2009-2011 yillarda O‘zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida o‘qigan.
2004-2018 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qo‘rg‘on” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
2018 yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq g‘olibi, shahar bo‘yicha 2-o‘rin sohibi bo‘lgan.
2018 yilda “Eng ma'rifatli imom” ko‘rik tanlovi Toshkent shahridagi bosqichi g‘olibi, Respublika bosqichida esa 2-o‘rinni egallagan.
Ayni vaqtda Toshkent shahri Shayxontahur tumani bosh imom-xatibi, ushbu tumandagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti “Tajvid” fani o‘qituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.
Yahyo domla Abdurahmonovga ushbu sharafli va mas'uliyatli vazifada Alloh taolodan kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar so‘raymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/11/2020 15:32;   Ko‘rilganligi: 1371
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-xayriya-jamoat-fondiga-yangi-rahbar-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 21:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing