O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

“Vaqf” xayriya jamoat fondi navbatdagi xayriya tadbirini o‘tkazdi

 
 

“Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali navbatdagi xayriya tadbirini fond tasarrufidagi “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasi hamda “Imom Buxoriy” jome masjidi bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Payariq tumani “Xo‘ja Ismoil” mahallasida yashovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, oilasida nogironi bor va og‘ir kasallikka chalingan o‘n besh nafar fuqarolarga yog‘, guruch, go‘sht, shakar kabi jami 3 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildilar.

 Tadbirda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali rahbar o‘rinbosari A. Sultonov, “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasining boshqaruv kengashi raisi D.Ermamatov, “Imom Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi M.Ibodullayevlar ishtirok etib, muqaddas dinimiz beva-bechora, faqir-fuqaro, yetim-esir va muhtojlarga muruvvat qilishga da'vat etishi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham saxovatda tengi yo‘q zot bo‘lganlari haqida gapirdilar va ushbu xayriya tadbiriga o‘z hissalarini qo‘shgan barcha saxiy insonlarning haqlariga duoi xayrlar qilindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/10/2019 14:20;   Ko‘rilganligi: 1072
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-xayriya-jamoat-fondi-navbatdagi-xayriya-tadbirini-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 07:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing