O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ushbu sinovlardan birdamlik bilan o‘tamiz

 
 

Bugungi sinovli kunlarda yonma-yon turib, o‘zaro hamjihatlikda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ko‘plab soha vakillari namuna bo‘lmoqda. Bularga misol tariqasida tibbiyot va barcha davlat tashkilotlari xodimlarini keltirishimiz mumkin. Ularning kasallikni yengib o‘tish bo‘yicha amalga oshirayotgan mehnatlari, aholining tinchlik va xotirjamligini saqlash borasida kunu-tun say'-harkatlari alohida tahsinga sazovor. Aholimizdan esa faqat joriy qilingan tartibga rioya etgan hollarida, iloji boricha ko‘chaga chiqmasliklari talab etiladi.

Shu yo‘nalishda imom-xatiblarimiz ham o‘z hissalarini qo‘shishga harakat qilmoqdalar. Ular tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilib, tibbiyot niqoblari tarqatiilmoqda. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatimoqda. Siz ham xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing, hurmatli vatandosh!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/03/2020 15:29;   Ko‘rilganligi: 848
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ushbu-sinovlardan-birdamlik-bilan-otamiz
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 05:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing