O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

UMRA SAFARIGA KETISH DAVOM ETMOQDA

 
 

Joriy yilning 20 noyabr kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2018-2019” mavsumining navbatdagi ziyoratchilari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar.

Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtirom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchilar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ziyoratchilarga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik va shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.

Ziyoratchilar shu kunning o‘zida kech soat 17.40da Toshkent xalqaro Aeroportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1402
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/umra-safariga-ketish-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing