O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ulug‘ safardan qaytildi

 
 

Joriy yilning 9 mart kuni Samarqand viloyatidan umra safariga borgan ziyoratchilarining dastlabki guruhlari yurtimizga sog‘-omon qaytib keldilar. Toshkent xalqaro aeraportida ularni viloyat vakilligi mas’ul xodimlari kutib oldilar. Kuzatuv jarayonida bo‘lgani kabi bu gal ham ziyoratchilar zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobuslarda, shifokorlar nazorati ostida, yo‘l patrul hodimlari kuzatuvida hurmat-ehtirom bilan viloyatga olib kelindi. Viloyatda esa ularni viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kutib oldilar.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 9 mart kuni Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga uchib ketgan vatandoshlar ziyoratni davom ettirmoqdalar. Ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 20 mart kuni yo‘lga otlanadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2555
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ulug-safardan-qaytildi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 03:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing