O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

UCHRASHUVLAR TASMASI DAVOM ETMOQDA

 
 

Viloyatimiz bo‘ylab yoshlar bilan davom etayotgan uchrashuvlarning navbatdagi bekati Urgut, Jomboy va Narpay tumanlari tomon yo‘naldi.

Barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan uchrashuvlar borgan sayin qizg‘in pallaga kirib, o‘zining ko‘plab ijobiy natijalarini berib kelmoqda.

Viloyat hokimiyati tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirlarda tajribali soha mutaxassislari tomonidan yoshlarga kerakli ma’lumotlar, tushunchalar berib kelinyapti.

Yoshlar turli sohalardagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarni aynan soha mutaxassislariga berish va asosli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Bugunga qadar tadbirlar Kattaqo‘rg‘on shahar, Samarqand, Tayloq, Ishtixon va Oqdaryo tumanlarida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu tadbirlarda O‘MI viloyat vakilligi tomonidan viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosarlari X.Sattorov va Yo.Mansurov ma’ruza bilan ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirlar tasmasi davom ettirilmoqda va viloyatning barcha shahar va tumanlarini o‘z ichiga qamrab oladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1031
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/uchrashuvlar-tasmasi-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 11:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing