O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tumanlarga sayohat

 
 

11 oktyabr 2018 yil, payshanba. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi va viloyat imom xatiblari tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aholi turmush tarzini o‘rganishga doir ishlarning qisqacha tafsiloti bilan tanishing:

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov Urgut tumanida bo‘lib, joriy yil haj safariga borib kelganlar bilan, ular tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni samarali tashkil etishga doir uchrashuvlar o‘tkazdi.

****

Shahar va tumanlarda barcha imom xatiblar ishtirokida “Missionerlik, prozilitizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida navbatdagi “ma’naviyat soat”i mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

****

Pastdarg‘om tuman, Turon MFYda ro‘y bergan oilaviy majorani bartaraf etish maqsadida tuman bosh imom xatibi O.Nazarov mazkur xonadonga tashrif buyurdi. Fuqaro Q.N. va uning onasi hamda opasi o‘rtasida uy-joy masalasidagi kelishmovchilik mohiyati to‘liq o‘rganildi va tushuntirish yo‘li bilan muammo adolatli bartaraf etilib, oila a’zolari orasi isloh etildi.

****

Pastdarg‘om tuman FHDYO bo‘limida oila qurish maqsadida murojaat qilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tuman bosh imom xatibi O.Nazarov tadbirda ishtirok etib, yoshlarga oila muqaddasligi, uning tinchligini saqlash yo‘llari, er-xotin burchlari, huquq va majburiyatlari haqida nasihat qildi.


Kiritilgan vaqti: 12/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 872
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tumanlarga-sayohat
Chop etilgan vaqti: 22/09/2020 09:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing