O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tinglovchilar uchun ziyofat

 
 

Joriy yilning 8 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro markazi 4-bosqich tinglovchilari uchun Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” restoranida ziyofat tashkil etildi. Unda tinglovchilar bilan birga viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov, Samarqand shahar Xo‘ja Zudmurod jome masjidi imom xatibi M.Melikovlar ham qatnashdilar.

Dastlab, viloyat vakili N.Islamov Imom Buxoriy xalqaro markazi tashkil etilishi, uning mustaqillik sabab Alloh taoloning din ahliga bergan buyuk marhamati bo‘lganini aytib o‘tdi. So‘ng, Xo‘ja Zudmurod jome masjidi imom xatibi M.Melikov istiqloldan oldingi va keyingi holatni taqqoslab, bugungi kunlarni qadriga yetish lozimligini, dindorlar, imomlar yaqin o‘tmishda bunday kunlar kelishini tasavvur ham qilaolmaganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda televideniya xodimlari ham ishtirok etidilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1314
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tinglovchilar-uchun-ziyofat
Chop etilgan vaqti: 11/12/2019 16:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing