O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Tatariston prezidenti Samarqandda ziyoratda bo‘ldi

 
 

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan edi. Kecha qadim Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

E’tiborli mehmon Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib qurilgan hazrati Xizr masjidi bilan ham tanishdi. 1300 yillik tarixga ega muhtasham obidaning asrab-avaylanganini ko‘rib, tasanno aytdi.

Shuningdek, R.Minnixonov Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini tomosha qildi. «Mazkur inshootlarning har biri xalqimizning boy o‘tmish va qadimiy madaniyatga ega ekanidan dalolat berishini qayd etdi», deb yozadi O‘zA.

O‘zAning qayd etishicha, Siyob dehqon bozoridagi to‘kin-sochinlik, sharqona savdo madaniyati ham mehmonda katta taassuruot qoldirgan. «Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan noz-ne’matlardan tatib ko‘rib, ular Tataristonda ham juda xaridorgir ekanini ta’kidladi», deyiladi agentlik axborotida.

Tatariston prezidenti Samarqandga kelishni anchadan buyon orzu qilganini aytib, O‘zbekistonga tashrifi Samarqanddan boshlanganidan juda xursand bo‘lganini bildirgan. Bu qadimiy shahar chindan ham yer yuzining sayqali, tarixan sivilizatsiya markazi bo‘lganiga yana bir bor amin bo‘lganini izhor qilgan.

manba: muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 25/09/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1103
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/tatariston-prezidenti-samarqandda-ziyoratda-boldi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 02:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing