O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Talaba-yoshlar bilan onlayn ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi

 
 

Transport universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov ishtirokida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan onlayn ma'rifiy ma'ruza tashkil etildi.

Masofaviy tarzda o‘tkazilgan tadbirda Homidjon Ishmatbekov O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasining beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash kabi masalalar belgilangani yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoit qilib berilayotganini ta'kidladi.

Yig‘ilish ishtirokchilari dinning xalqimiz ma'naviyati va ruhiyatiga ta'siri xususida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ma'rifiy ma'ruza mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turadigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan.

Onlayn tadbir davomida Homidjon domla ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Bu kabi ma'rifiy suhbatlar talabalar xatti-harakatiga mas'uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 16/10/2020 17:03;   Ko‘rilganligi: 655
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/talaba-yoshlar-bilan-onlayn-marifiy-uchrashuv-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing