O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Shamsuddinxon Boboxonov

 
 

Shamsuddinxon Ziyouddinxon o‘g‘li Boboxonov 1937 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959 yili Toshkent chet tillar instituti ingliz tili fakultetini bitirdi. 1962-1966 yillari Qohiradagi “Al-Azhar” dorilfununida o‘qidi. 1973 yili Moskvada arab filologiyasi bo‘yicha nomzodlik ishini yoqladi. 1975-1982 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori, 1982-1989 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy, 1989-1994 yillari O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim, diniy boshqarma raisining o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qildi.

 

“Ming bir fatvo”, “Al-Adabul mufrad” (tarjima), “So‘nmas ziyo” kabi bir necha asarlari chop etilgan. 1994 yildan 2003 yilgacha deplomatiya sohasida xizmat qildi. Misr, Saudiya Arabistoni, Iordaniya kabi davlatlarda O‘zbekistonning elchisi bo‘ldi. Iordaniya Qirollik akademiyasi haqiqiy a'zosi, xalqaro Ibn Sino mukofoti sohibi bo‘lgan. 2003 yili Toshkentda vafot etgan.

Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi kitobi, 14-bet.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 21:14;   Ko‘rilganligi: 1252
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/shamsuddinxon-boboxonov
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 14:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing