O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sayor yig‘ilish: Nurobod tumani masjidlari faoliyati o‘rganildi

 
 

20 noyabr kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida Nurobod tumani, "Hazrati Ali" jome masjidida navbatdagi sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov boshchiligida o‘tkazildi.

Kunning birinchi yarmida tuman va shahar bosh imom xatiblari Nurobod tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar.

Nurobod tumani nisbatan, aholi joylashuvi siyrak, masjidlar faoliyatini takomillashtirish imom xatiblar uchun bir muncha chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Namozxonlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash kun tartibidagi birinchi masala ekani xulosa qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi va dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. Barqaror faoliyat olib borayotgan masjidlardan olinib, qolgan masjidlarida joriy qilish mumkin bo‘lgan namunalar xususida so‘z yuritildi. O‘z navbatida aniqlangan kamchiliklar ham aytilib, bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Masjidlarda ogohlikni oshirish, imom-xatiblarning mas’uliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari, FHDYOdagi uchrashuvlar, aholi turmushini o‘rganish kabi kun tartibidagi shu va boshqa masalalar asosida olib borildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 672
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sayor-yigilish-nurobod-tumani-masjidlari-faoliyati-organildi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 00:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing