O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Saylov kuzatuvchilari viloyatimiz bo‘ylab ziyoratda

 
 

2016 yilning 4 dekabr kuni yurtdoshlarimiz Respublikamizdagi o‘ta muhim siyosiy jarayonning guvohi bo‘lishdi. Nafaqat guvohi, balki ushbu jarayonga har bir layoqatli fuqaro bevosita ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 600 nafarga yaqin kuzatuvchilari qatnashdilar. Yurtimiz hayotidagi ushbu muhim siyosiy tadbirda milliy saylov amaliyotidagi yutuqlar, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligi, ovoz berish jarayonida ochiqlik va oshkoralikning ta’minlangani xalqaro kuzatuvchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Ushbu kuzatuvchilar saylov kunigacha va undan keyin ham yurtimiz bo‘ylab xususan, viloyatimizdagi diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, tarixiy obidalarni ziyorat etdilar. Hozirda xossatan Samarqandga kelgan kuzatuvchilardan tashqari, boshqa viloyatlardagi kuzatuvchilar ham safarlari so‘ngini qadimiy shahrimizni ziyorat etib, keyin vatanlari tomon jo‘nab ketmoqdalar.

Samarqandga kelgan har bir kuzatuvchilar dastlab O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat etmoqdalar. Keyin esa boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurmoqdalar. Jumladan, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining xoki qo‘nim topgan muqaddas majmuaga keluvchilar adadi ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Mehmonlar, Buxoriy hazratlarining qabrini ziyorat etgach, majmua bo‘ylab sayohat qilib, bu dargohda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonolashtirish ishlari uchun tasanno va tashakkurlar aytmoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2448
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/saylov-kuzatuvchilari-viloyatimiz-boylab-ziyoratda
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 00:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing