O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAXOVAT UYIGA TASHRIF

 
 

Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2016 yil 31 oktyabr kuni Jomboy tumani “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar tomonidan Samarqand shahridagi “Saxovat uyi”da istiqomat qilayotgan keksalar holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqatlar, sovg‘a-salomlar ulashilib, ko‘ngillari ko‘tarildi.

Darhaqiqat, ko‘ngil so‘rash, o‘zgalarga yaxshilik qilish dinimizda buyurilgan va targ‘ib etilgan ishlardandir. Zero, Qur’oni karimda ham “Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz” (Baqara surasi, 148) deya ta’kidlangan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1082
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/saxovat-uyiga-tashrif
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 00:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing