O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sarhisob tanlovi

 
 

Istiqlol yillari mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni taqdirlash bo‘yicha «Sarhisob» tanlovi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti bilan hamkorlikda mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o‘tkazadi.

Tanlovning Samarqand viloyati bosqichida 2016 yilning 1 yanvaridan 2016 yilning 1 sentyabrgacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko‘rsatilgan va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan materiallar 2016 yilning 10 sentyabriga qadar vakillik binosida qabul qilinadi. Viloyat bosqichi g‘oliblari respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.

Tanlovning respublika bosqichi Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Respublika bosqichi g‘oliblari hududiy bosqichda g‘olib chiqqan ishtirokchilar orasidan tanlov asosida saralanadi. Tanlovning o‘tkazilish vaqti OAVda e’lon qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilganlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Bosh mukofot. Tinchlik va osoyishtalikni qadrlash mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish. G‘olib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – 1 -, 2-, 3- o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);
Eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – 1-, 2-, 3- o‘rinlar);
«Eng faol targ‘ibotchi» (1-, 2-, 3- o‘rinlar);

G‘oliblarga asosiy mukofotlarga qo‘shimcha tarzda tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari ham topshiriladi.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo‘lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
- muallifning ismi-sharifi, o‘z sohasida olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
- muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;
- pasport nusxasi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligiga (manzil: Samarqand shahar, Dahbed ko‘cha, 229a uy. tel.: 235-58-84 el.pochta: sam.umi@mail.ru) topshiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/07/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2187
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sarhisob-tanlovi
Chop etilgan vaqti: 15/11/2019 08:03
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing