O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandliklar umra ziyoratiga otlanishdi

 
 

Joriy yilning 29 fevral kuni samarqandlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari umra amalini bajarish uchun Toshkent xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon uchib ketdilar. Bir kun avval Samarqand viloyati vakilligi binosida ziyoratchilarni tantanali ravishda kuzatuv ishlari amalga oshirilgan edi. Kuzatuvda viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoat tartibini saqlash, viloyat vakilligi xodimlari, muxbirlar va ziyoratchilarning yaqinlari qatnashdilar.

Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy avtobuslarda yo‘l patrul xizmati xodimlari, shifokorlar kuzatuvida yo‘lga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1874
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandliklar-umra-ziyoratiga-otlanishdi
Chop etilgan vaqti: 17/10/2019 23:26
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing