O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandliklar uchun Umra mavsumi boshlandi

 
 

2018 yil 10 fevral kuni “Umra-2018” bahor mavsumi doirasida samarqandlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida viloyatning turli hududlaridan kelgan ziyoratchilar to‘planib, ulug‘ ziyorat uchun so‘ngi tayyorgarlikdan o‘tdilar. Ularga maxsus ko‘krak nishonlari tarqatildi hamda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov tomonidan safar va ibodat uchun asqotadigan muhim ko‘rsatma va maslahatlar berildi.

Ziyoratchilar maxsus avtobuslarda shifokorlar nazorati va yo‘l patrul xodimlari hamrohligida alohida ehtimom, hurmat-ehtirom bilan Toshkent shahri tomon kuzatib qolindi.

11 fevral erta tongda ziyoratchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon uchib ketadilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1222
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandliklar-uchun-umra-mavsumi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2020 06:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing