O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga kuzatib qo‘yildi

 
 

Oldin xabar berganimizdek, Umra safarining yangi mavsumi boshlangan edi. Bugun, 30 noyabr kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar ziyoratchilarning ikkinchi bosqich guruhlarini viloyat vakilligida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, hokimliklarning mas'ul vakillari hamda ziyoratga boruvchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Umra safarining tartib qoidalari, safar intizomi haqida tushunchalar berib, ziyoratlari maqbul, mabrur va bexatar bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qildi. Ziyoratchilar bugunning o‘zidayoq Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoniga parvoz qiladilar.

         Ushbu guruhdan oldin Umra safariga ketgan ziyoratchilarimiz muborak Makka shahrida ziyoratlarini ado etmoqdalar. Eslatib o‘tamiz, ular ertaga, 1 dekabr kuni Toshkent shahriga uchib keladilar.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 12:26;   Ko‘rilganligi: 937
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandlik-ziyoratchilar-umra-safariga-kuzatib-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 03:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing