O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda yana bir yangi masjidga asos solindi

 
 

Qo‘shrabot tumanidagi “Davrqo‘rg‘on” jome masjidi 1989-1992 yillar davomida hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, u V-IX asrga oid yodgorlik sifatida ro‘yxatga olingan tepalikda joylashgan.

Namozxonlar soni kundan-kun oshib borishi, ularning ibodatlari uchun qulay shart-sharoit yaratish zarurati paydo bo‘layotgani bois yangi masjid binosini qurish taqazosi paydo bo‘ldi. Ammo, madaniy meros obyekti hududida qurilish ishlari olib borish ta'qiqlanganligi sababli Qo‘shrabot tuman hokimligi qarori bilan hozirgi masjiddan uzoq bo‘lmagan joydan yangi bino qurilishi uchun yer maydoni ajratib berildi. Endi bu joyda zamonaviy va milliy arxitetktura uyg‘unlashgan andoza asosida masjid binosi qad rostlaydi. Masjid 18-25 m. bo‘lib, uning sig‘imi 500 nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira olishi,  atrofda ma'muriy xonalar, 20 o‘rinli tahoratxona va boshqa qo‘shimcha binolar qurilishi loyihalashtirilgan.

Kuni kecha, 13 iyul kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Qo‘shrabot tuman hokimligi vakillari, mahalla faollari hamda masjid jamoasi va nuroniylar ishtirokida yangi masjid binosining asosiga reja tortilib, qoziq urildi. Inshalloh, ushbu maskanlarda to qiyomatgacha ibodatlar ado etilib, uning barpo bo‘lishiga hissa qo‘shganlarga ham ulkan ajru mukofatlar ato etiladi.    

   

 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/07/2020 15:05;   Ko‘rilganligi: 870
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-yana-bir-yangi-masjidga-asos-solindi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 03:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing