O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda Hadis sharif bilimdoni tanlovi o‘tkazildi

 
 

2018 yil 2 may kuni Samarqandda viloyatida “Hadisi sharif bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Qur’oni karim musobaqasi so‘ngidan o‘tkazilgan ushbu tanlov ham muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirildi. Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga doir bergan ko‘rsatma va topshiriqlar mazmun mohiyatidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, yoshlar masalalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi raisi tomonidan mazkur musobaqa tashkil etishga doir ko‘rsatma berildi.

Shunga binoan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ijrosi sifatida musobaqani respublika bo‘ylab tashkil etib kelmoqdalar.

Viloyat Ttanlovida yosh imom xatiblar hamda hadis ilmiga qiziqishi bo‘lgan 21 kishi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar:

- imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib berish;

- berilgan hadisni sharhlab berish (hadisi sharifni ifodali o‘qib, tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish);

- hadisi sharifni arab tilidagi matnini sahobiyning ismi bilan yoddan aytib berish

kabi shartlar asosida o‘zaro kuch sinashdilar.

Samarqarqand viloyati bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, Hadis ilmi maktabi rahbari O.Yusupov, Kalom ilmi maktabi rahbari Sh.Umarov, Hadis ilmi maktabi o‘qituvchilari H.Rasulov va Y.Isayev ishtirokchilarni baholab bordilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra:

1 o‘rinni – Pastdarg‘om tumani “Bog‘onali” jome masjidi imom xatibi va Hadis ilmi maktabi tinglovchisi Egamberdiyev Azizbek Safarboyevich,

2 o‘rinni – Hadis ilmi maktabi tinglovchisi Mahmudov Akmal Bobomurodovich,

3 o‘rinni – Hadis ilmi maktabi tinglovchisi Bohodirov Donyor Aminovich qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga shahodatnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1072
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-hadis-sharif-bilimdoni-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/09/2020 07:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing