O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ramazon muborak oy

 
 

Jonajon diyorimizga oylarning sayyidi, o‘n ikki oyning sultoni muborak Ramazon oyi shukuhi kezib yuribdi. Yurtdoshlarimiz shu muborak oyning savoblaridan umidvor bo‘lgan holda toat-ibodatda bardavom va xayr-saxovat ishlarida peshqadam bo‘lmoqdalar.

5 iyun kuni Samarqand shahrining “Hazora” mahallasida o‘tkazilgan tadbir aynan shu muborak Ramazon oyining fazilatlari va bu oydagi ayol-qizlarga doir masalalarga qaratildi. Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova hamda Samarqand shahar Temiryo‘l hududi bosh otinoyisi N.Ibragimova bu borada yig‘ilganlarga zarur bilim va ko‘nikmalarni berib o‘tdi.

Joylarda tashkil etiladigan iftorliklarni ixcham, dabdabasiz, turli bit’at-xurofotlardan yiroq holda o‘tkazish dinimiz talabi ekani, shuningdek ushbu oyda ko‘proq yaxshi ishlar, savobli amallar qilib qolish payida bo‘lish lozimligi shar’iy asoslar bilan tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida mahallaning keksa onaxonlari, ehtiyojmandlar, nogiron hamda bemorlar holidan xabar olinib, xayr-ehsonlar ulashildi.

N.Ibragimova: Samarqand shahar Temiryo‘l hududi bosh otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 05/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 830
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ramazon-muborak-oy
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 00:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing