O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

QO‘SHBAQQOLI JOME MASJIDI

 
 

Ushbu masjid 1996 yil hashar yo‘li bilan qurildi va 1998 yildan rasmiy masjid sifatida faoliyatini boshladi.

2010-2015 yillar davomida esa masjidda ko‘plab bunyodkorlik ishlari olib borildi. Jumladan asosiy xonaqoning ikki yonidan ikkita gumbazli xonaqo bunyod etildi. Hovlining shimoliy qismida esa ayvon va tahoratxona joylashgan.

Masjidning "Qo‘shbaqqoli" deb nomlanishiga sabab, bu masjid joylashgan mahalla nomi bilan bog‘liqdir. Mahalla ham aynan shu nom bilan nomlanadi. Mahalla oqsoqollarining aytishichi, dastlab bu yerga ikkita baqqol-savdogar ko‘chib kelgan va shunga binoan qo‘shbaqqol deb nom olgan.

"Qo‘shbaqqoli" jome masjidi Samarqand shahar T.Zehniy ko‘chasi 25 uyda joylashgan. Hozirda unga "Imom al-Buxoriy" o‘rta maxsus islom bilim yurtini 2006 yilda tamomlagan Rustamov Jobir Sabirovich imom xatiblik qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 1548
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/qoshbaqqoli-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 17/10/2019 23:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing