O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Qadrli oydagi qutlug‘ tashrif

 
 

Muborak Ramazon oyi yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha tarovat ila davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz go‘zal va shinam masjidlarda emin-erkin, tinchlik-xotirjamlikda ibodatlarni amalga oshirmoqdalar. Har bir namozxon qalbida rozilik, shundayin diyorni nasib etgan, uni ofiyatu noz-ne’matlar bilan o‘ragan Alloh taologa shukronalik jo‘sh urub turubdi.

Shundayin muborak damlarda samarqandliklar yana bir xursandchilik, yana bir faraxbaxsh damlarga musharraf bo‘lishdi. 28 may Ramazon oyining 2- kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov Samarqandga tashrif buyurdi.

Hadis ilmining sultoni, muhaddislar imomi qo‘nim topgan Imom Buxoriy majmuasiga kelgan mehmon, bu dargohga so‘ngi paytlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Taroveh namozini aynan “Imom Buxoriy” jome masjidida ado etgan I.Inomov u yerda bo‘layotgan xatmi Qur’on va namozxonlar kayfiyati bilan tanishib, yig‘ilganlarga muftiy hazratlarining salomlarini yetkazdi hamda tinchlik va osoyishtalik ne’mati, shukronalik, farzandlarni komil inson etib tarbiyalash kabi dolzarb mavzularda so‘z yuritdi.

Qadrli mehmon ma’ruza davomida Ramazon oyi fazilati, bu oyning Qur’on oyi deyilishining sababi, unda qilinishi, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida tushuntirish berib o‘tdi. Samarqand viloyatida olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar yanada ravnaq topishi, el-yurt tinchligi va mamlakat obodligi, hayotimiz yanada farovon bo‘lishini tilab duoi xayrlar qildi

Quyida Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy jome masjidi hamda Samarqand tumanidagi Imomi A’zam jome masjidida o‘tkazilayotgan Xatmi Qur’on jarayonidan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy jome masjididan foto lavhalar


Kiritilgan vaqti: 29/05/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3167
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/qadrli-oydagi-qutlug-tashrif
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 03:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing