O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ozod domla Nazarov, Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi - Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

 
 

Alhamdu lillah vassolatu vassalamu ala rasulillah.
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchalaringizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh taolo yurtimizni obod aylab ofatlardan saqlasin.

Qurbon hayitini asl tarixi ham Alloh taolo tarafidan Ibrohim alayhissalomni Alloh taologa bo‘lgan sadoqatini imtihon qilinishidir. Sinovidan sog‘ omon o‘tganligi uchun Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga qurbonlik qilish uchun mukofat tarzda jannatdan qo‘chqor tushiradi. Islom dinida Ibrohim alayhissalomning Alloh taoloni sinov va imtihonidan o‘tgan kuni barcha musulmonlarga bayram qilib berildi va bu kun Iydul adha ya'ni Qurbon hayiti deb nomlandi.
Muhtaram azizlar! Butun dunyo pandemiya sababli sinovli kunlarni boshidan kechirmoqda. Bu kasallik yuqishi va rivoji asosan jamoat joylarda sodir bo‘lyapti. Shuning uchun bu xatardan xoliy bo‘lish uchun odamlar ko‘p tuplanadigan joylardan o‘zoqroq bo‘lish kerakligi mutaxasislar tarafidan aytilmoqda.
Ana shu hatar sababidan yurtimizdagi masjidlarda jamoat bo‘lib Qurbon hayiti namozi o‘qilmasada Qurbon hayiti bayramini oila davrasidi bayram kayfiyatida kutib olish lozim bo‘ladi.
Hayit kuni har kim o‘z honadonida quyosh chiqqandan 15 daqiqa o‘tib ikki yoki to‘rt rakaatli Zuho namozini ado qiladi.
Qurbonlik qilish ibodat bo‘lganligi uchun har kim o‘z qurbonligini o‘z qo‘li bilan qilishligi afzaldir.
Qurbonlik gushtini bir qismi uyda qoladi qolganini xomtalash qilib tarqatish yaxshidir. Oila ko‘pchilikdan iborat bo‘lsa hammasi uyda qoldiriladi.
Bayram kunlari qo‘limizadan kelgancha xayrli ishlarni qilsak, oilamizga farzandlarimizga xursandchilik ulashsak, yaqinlarimizni telefon orqali bayram bilan tabriklasak savob bo‘ladi.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tamizki vaziyatni yaxshi anglagan holda uyma uy yurish, mehmondorchiliklarga borish, qabrstonlarga borish lozim emas.
Azizlar karantin qoidalariga rioya qilaylik. O‘zimizni farzandlarimizni sog‘lig‘ini xatarga quymaylik. Ushbu muborak kunlarda Alloh taolodan tinchlik ofiyatchilikni so‘rab balolarni tezroq daf bo‘lishini so‘rab duolar qilaylik.
Barchalarimizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Ozod Nazarov, Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 29/07/2020 13:17;   Ko‘rilganligi: 945
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozod-domla-nazarov-pastdargom-tuman-bosh-imom-xatibi-qurbon-hayiti-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 02:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing