O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘ZBEKISTON YANGILIKLARI 2019 yilda O‘zbekistonda nechta masjid ochildi?

 
 

Masjidlar – mo‘min musulmonlar uchun eng muqaddas va qadrli joy hisoblanadi. Faqatgina ibodat maskani sifatida emas, o‘zaro mehr oqibat, hamjihatlik va do‘stlik rishtalarini bog‘lovchi joy sifatida ham e'tiborga molikdir. Shunga ko‘ra masjidlarni bunyod etish va mavjudlarini qayta ta'mirlab go‘zal holatga keltirish savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Mana shulardan biri yurtimizda yangidan ochilgan masjilar sonining ortayotganidir.

Birgina joriy 2019 yilning o‘zida 10 ta yangi jome masjid ochildi, shu bilan masjidlar soni 2066 taga yetdi. Jumladan, Toshkent shahrida ulug‘ allomalar nomidagi “Suzuk ota”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf”, “Fayzulla xo‘ja o‘g‘li Murod hoji”, Surxondaryo viloyatida “Hakim Termiziy”, “Shayx Shamsiddin”, “Imom Nizomiddin Sangardakiy”, Namanganda “Muhammad al-Amin”, Farg‘onada “Chiligijiyda”, Navoiyda “Abu Bakr Siddiq” va Toshkent viloyatida “Abu Hurayra” masjidlari hamda Buxorodagi Qorovulbozor tumanida “Abdulloh ibn Muborak” nomli yangi jome masjid ish boshlagani mo‘min-musulmonlarni bag‘oyat xursand qildi. Qolversa, respublikamiz bo‘ylab 30 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 60 ta masjid kapital ta'mirdan chiqarildi.

Xudo xoxlasa mazkur xayrli ishlar 2020 yilda ham davom etadi. Zero, xalqimiz orasida ma'rifat va ruhiy tarbiya maskani bo‘lmish masjidlarni obod etish ishtiyoqi baland bo‘lgan vatandoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Manba: Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 07/01/2020 11:59;   Ko‘rilganligi: 957
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-yangiliklari-2019-yilda-ozbekistonda-nechta-masjid-ochildi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 13:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing