O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston umumiy uyimiz respublika festivali

 
 

2017 yil 19 yanvar kuni Samarqand shahridagi muhtasham san’at saroyida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” VI respublika do‘stlik va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

O‘nda turli din va millat vakillari, milliy madaniy markazlar, hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili N.Islamov hamda vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov, shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda atrofda bo‘layotgan vaqea-hodisalarni teran anglash, yurtimizdagi tinchlik osoyishtalikni yanada qadrlash, millatlar, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar ko‘plab millat va turli din vakillaridan iborat O‘zbekiston xalqining bir osmon ostida hamjihat, totuv-inoq, quda-anda bo‘lib yashayotganlari, buning zamirida olib borilayotgan odilona siyosat, kuchli ijtimoiy himoya, bag‘rikenglik tamoyillari yotganini, fuqarolar zimmasida esa bu kunlar qadriga yetib, tinchlik bardavomligi uchun bir tanu bir jon bo‘lib kurashish vazifasi turishini ta’kidladilar.

Buningdek tadbirlar yurtimizda olib borilayotgan diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikning yorqin namunasidir

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3106
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-umumiy-uyimiz-respublika-festivali
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 14:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing