O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan TA’ZIYA

 
 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh taolo bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroilga: «Alloh falonchini yaxshi ko‘radi, sen ham uni yaxshi ko‘rgin!» deb nido qiladi. Keyin Jabroil ham uni yaxshi ko‘radi va osmon ahli ichida: «Albatta, Alloh taolo falonchini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar!» deb nido qiladi. Keyin osmon ahli ham uni yaxshi ko‘radi. So‘ngra unga nisbatan yerda (ya’ni, yer yuzidagi odamlarning qalbida) maqbullik (ya’ni, rozilik va muhabbat) o‘rnatiladi. (Muttafaqun alayh)

Darhaqiqat, zulm qo‘rg‘onlarini buzib, istiqlol deb atalmish buyuk ne’matga erishtira olgan, yurtni eng qiyin damlardan olib chiqqan, xalqni porloq kelajak sari yetaklagan, chorak asrda misli ko‘rilmagan islohotlarni amalga oshirgan, eliga bugungidek farovon hayotni taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bo‘lgan muhabbat barchamizning qalbimizda abadiy muhrlanib qoladi.

Istiqlol rahnamosi, O‘zbekiston deb atalmish diyorni dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan inson, xalqimizning buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich bugun bizlarni tashlab foniy dunyodan abadiy hayotga rihlat qildilar. Bu kishining qilgan xizmatlari har birimizning qalbimizdan chuqur joy olgan va xotiralarimizda barhayotdir.

Ushbu og‘ir ayriliq munosabati bilan Prezidentimizning oila a’zolariga, yaqinlariga va butun o‘zbek xalqiga ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirib qolamiz.

Alloh u kishining yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida qilgan barcha mehnatlarini dargohida husni maqbul aylasin va o‘zining rahmatiga olib, munosib mukofotlasin.

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

«Albatta, biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytamiz» (Baqara surasi, 156-oyat).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 04/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2152
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-islom-abduganievich-karimovning-vafoti-munosabati-bilan--taziya-
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 06:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing