O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilarning sog‘lom jamiyat uchun javobgarligi yuqori

 
 

Ma’lumki, jamiyat orasida ayollarning diniy-ma’rifiy ongini yuksaltirish, turli bid’at xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning salmoqli o‘rni bor. Shunga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan otinoyilar mas’uliyatini oshirib borish, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalarni aniq belgilash maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

1 noyabr kuni dastlabki uchrashuv Imom Buxoriy xalqaro markazi binosi majlislar zalida Oqdaryo tumani otinoyilari uchun tashkil etildi. “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish mavzusida” bo‘lib o‘tayotgan tadbir viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida olib borildi.

Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inlari, umumta’lim maktablar, “oila” markazlari, “Nikoh” uylarida, aholi xonadonlarida bo‘lib o‘tgan yig‘inlar, tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar asnosida qaynona-kelin munosabatlari, to‘ylarni tejamkor o‘tkazish, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, farzand tarbiyasi kabi dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar joylarda noyabr oyining so‘ngi haftasiga qadar davom etadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 01/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1460
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarning-soglom-jamiyat-uchun-javobgarligi-yuqori
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 14:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing