O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OTINOYILARNING ILM MA’RIFATLARI OSHIRILMOQDA

 
 

7 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Ishtixon tumanidan 42 nafar va Qo‘shrabot tumanidan 3 nafar jami 45 nafar otinoyilar bilan navbatdagi seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

“Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida tashkil etilayotgan suhbatlar noyabr oyining birinchi sanasidan buyon davom etmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova tomonidan ayol-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirib borish va uni daomiy ta’minlash ishlarida otinoyilarni faollikka chaqirilmoqda.

Uchrashuvlar qolgan tumanlarda ham davom ettiriladi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 729
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilarning-ilm-marifatlari-oshirilmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 05:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing