O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

ONLAYN: Arafa kuni Qur'on va duo kechasiga marhabo!

 
 

Alloh taolo ulug‘ qilgan Zulhijja oyida turibmiz, ushbu oyning avvalgi o‘n kuni mislsiz fazilatlarga boydir. Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ibodat qilinadigan biror kun zul hijjaning o‘n kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro‘zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Mana shunday qutlug‘ dahalarda qilingan xatmi Qur'onlarning yakuniy tilovati va duosini muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlari, ulamolar va hofizi Kalomullohlar ishtirokida ado etiladi.

Ushbu fayzli marosimni “Uzreport” telekanali orqali shu yil 30 iyul, arafa kuni kechki soat 21:00 da to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib, baxramand bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, ITV (https://itv.uz/#!/muslim)internet telekanalidagi MuslimTV (https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ) va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali ham onlayn namoyish etamiz, insha Alloh.

Azizlar, mana shunday duolar mustajob bo‘ladigan pallalarda o‘lkamizga osudalik, baraka, ahli oilamizga tan-sihatlik, bemorlarga shifoi komil va katta tashvish bo‘lib turgan koronavirus kasalligini tezroq daf bo‘lishini barchamiz birgalashib, Janobi Haq taolodan iltijo qilib so‘raylik.

❗️Eslatib o‘tamiz, xalqimiz tomonidan ushbu kunlarda yakuniga yetkazilayotgan xatmi Qur'onlar sanog‘ini 78-150-33-44 telefon raqamli Kol-markaz orqali tunu kun qabul qilamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/07/2020 15:28;   Ko‘rilganligi: 805
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/onlayn-arafa-kuni-quron-va-duo-kechasiga-marhabo
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 02:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing