O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy ta’lim muassasalarida uchrashuv

 
 

2016 yilning 6 fevral kuni Samarqand viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari, talaba va o‘quvchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘tkazilgan tadbirda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, Samarqand shahridagi “San’at saroyi”da tashkil etilgan Samarqand davlat universiteti talabalari bilan bo‘lgan yig‘inda viloyat bosh imomi o‘rinbosari Z.Eshonqulovlar qatnashdilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda dunyo tinchligini buzayotgan, XXI asr fojeasi bo‘lgan terrorizm, ekstremizm va ayniqsa, ID guruhlariga qarshi qaqshatgich zarbalar berilgan bir paytda, bu buzg‘unchi oqimlarga turli mamlakatlardan borib qo‘shilganlar o‘z yurtlariga hech narsa ko‘rmagandek qaytib kelayotgani va u yerda ham buzg‘unchilik ishlarini amalga oshirishi yuqori ehtimolli vaziyat ekanini aytib, ularga befarq va loqayd bo‘lmaslikka chaqirdilar.

Tadbirlarda notiqlar tinchlik bebaho ne’man ekanligi, uning har bir tongi va kunini har daqiqa-yu soniyasini barchamiz ko‘z qorachig‘idek asrashimiz zarurligi, bu yo‘lda o‘zimizning bor kuch-g‘ayratimizni ayamasligimiz lozimligi, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayot tufayli bugun barcha sohalarda yutuq va muvoffaqiyatlar qo‘lga kiritilayotganini aytib o‘tdilar.

Bu zaminda yashayotgan har bir fuqaro tinchlik o‘z-o‘zidan bo‘lmasligini, uning zamirida qanchadan-qancha insonlarning mashaqqatli mehnati yotganligini anglashi, uning barqarorligini ta’minlashda har bir inson hissasini qo‘shishi shart ekanligini ta’kidlab, yurtimiz osmoni musaffo bo‘lishi va bu tinch va osoyishta hayotimizga ko‘z tegmasligini so‘rab qoldilar.

Shuningdek tadbirlar davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli film namoyish etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 08/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2233
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-talim-muassasalarida-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 17/04/2024 02:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing