O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy Majlisga murojaat jamiyatga murojaat demakdir

 
 

2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga taqdim etgan Murojaatnomasining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimiyati va O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Sh.D.Qulmatov, SamDU professori F.X.Nabiyev, noislomiy diniy konfessiyalar vakillari, milliy-madaniy markazlar rahbarlari, imom xatiblar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirga so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Qulmatov bugungi kunda barcha islohotlar negizida xalq manfaati turishi, chiqarilayotgan qarorlar, farmoyishlarda birinchi galda xalqning baxtli hayot kichirishini ta’minlash maqsad qilingani xususida so‘z yuritdi. Xalq qabulxonalari faoliyati, joylarda rahbarlar tomonidan aholi bilan bo‘layotgan bevosita muloqotlar zamirida shu zaminda yashayotgan har bitta fuqaroning hayotdan xursand holda yashashini ta’minlash yotishini ta’kidladi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi – Prezidentimizning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasi mazmun mohiyati yuzasidan Samarqand Davlat universiteti professori F.Nabiyev qator tushuntirishlar berib o‘tdi. Oliy majlisda o‘tirgan deputatlar xalqning vakili bo‘lgani e’tiboridan har bir fuqaro ushbu murojaatni o‘ziga yo‘llangan deb hisoblashi, shuni qalban his etishi, shuning taqozosiga ko‘ra ish ko‘rishi lozimligini, illatlar onasi – befarqlik, loqaydlikdan uzoqda bo‘lish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida Murojaatnomaning imom xatiblarga taalluqli jihatlari, xalqning sog‘lom e’tiqod, mustahkam iroda, uyg‘oq vijdon bilan bir maqsad sari birlashishidagi diniy soha vakillarining solmoqli hissasi borligi, shunday bo‘lgach vazifaga mas’uliyat bilan yondashgan holda yurt ravnaqi, yurtdoshlar farovonligi yo‘lida mehnat qilish, daxldorlik hissini o‘zida mujassam qilgan holda boshqalarga ham singdirib borish kerakligi borasida mulohazalar yuritildi.

Shuningdek, yig‘inda bugunning imomi yangiliklardan o‘ziga tegishli xulosani chiqarishi, yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga teran nazar bilan qarashi, bilim va salohiyatini doimiy oshirib borish orqali xalqa sifatli xizmat ko‘rsatishi bo‘yicha qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Zayniddin domla Eshonqulov

O‘zbekiston musulmonlari idorasining

Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 09/01/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 950
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-majlisga-murojaat-jamiyatga-murojaat-demakdir
Chop etilgan vaqti: 24/09/2020 16:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing