O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Oliy diniy ta’lim muassasasiga qabul e’lon qilinadi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyatida Hadis ilmi maktabi ochilishi munosabati bilan 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi. Hadis ilmi maktabi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Maktabda o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi. Maktabda “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlanadi.
Maktabga 2018/2019 o‘quv yilida 10 ta talaba qabul qilinadi. Maktabga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari tanlov asosida saralab olinadi.
Hadis maktabiga qabul 2018 yilning 8 noyabridan 15 noyabrigacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
Abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Qabul hay’ati raisi nomiga ariza;
- o‘rta maxsus islom bilim yurtini tugatganligi haqida hujjatning (diplom) asl nusxasi;
- 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
- 6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);
- yashash joyidagi masjid imom-xatibidan tavsiyanoma;
- harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli).

Hujjatlar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi 18-berk ko‘chasi 47-uy. Murojat uchun telefon: (71) 227-42-37.


Manba: "muslim.uz"


Kiritilgan vaqti: 05/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 673
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oliy-diniy-talim-muassasasiga-qabul-elon-qilinadi
Chop etilgan vaqti: 22/09/2020 09:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing