O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

OLIS HUDUDLARDA EZGULIK TAFTI

 
 

Bugun yurtimizda o‘zgacha jarayon, o‘zgacha holat. Barchaga e’tibor qaratilgan, muammolar bartaraf etishga yo‘naltirilgan, chetda qolib, yolg‘izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muravvat qo‘llari uzatilmoqda.

2017 yil 29 aprel kuni viloyatning olis hududlaridan biri Qo‘shrabot tumani Tegirmonovul mahallasida istiqomat qiluvchi 1984 yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi Po‘latova Mahfuza Temirovna ana shunday e’tibordan mamnun bo‘ldi.

Samarqand shahar bosh imomi hamda "Shohi Zinda" jome masjidi imom xatibi Nuriddinxon Islamov masjid xodimlari bilan birgalikda Mahfuza Po‘latova xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif asnosida bemordan hol-ahvol so‘raldi, unga sovg‘a-salomlar hamda nogironlik aravachasi taqdim etildi. Ko‘nglini ko‘taruvchi iliq so‘zlar aytildi. Bugungi kunda hech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko‘rsatib berildi.

Ketish oldidan bemorning o‘zi, oila a’zolari, mahalla faollari e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da olib borilayotgan ishlarga rivojlar berishini Yaratgandan so‘rab qoldilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/04/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1782
 
Material manzili: http://www.sammuslim.uz/oz/press/news/olis-hududlarda-ezgulik-tafti
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 11:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing