O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Oila dorulfununi" o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi

 
 

2018 yil 9 oktyabr kuni Jomboy tuman FHDYO bo‘limida yosh oila qurish istagida turganlar va yaqinda oila qurgan bir qator juftliklar bilan “Oila dorulfununi” o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov, Jomboy tuman bosh imom xatibi N.Xidirov tadbirda ishtirok etib, yoshlarga oila muqaddasligi, uning tinchligini saqlash yo‘llari, er-xotin burchlari, huquq va majburiyatlari haqida nasihat qildilar.

Mashg‘ulot davomida yoshlarning savollariga ham asosli va qoniqarli tarzda javob berildi.

Ta’kidlash lozimki ushbudek tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilgan bo‘lib, oilalar mustahkamligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1519
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/oila-dorulfununi-oquv-mashgulotlari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 19:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing